Andrey Fyodorov: "Ar Rayan"ning o'yini biz uchun syurpriz bo'lmadi"

Narzulla Saydullayev
12 mar 2019, 11:45
OCHL 2-turidan o'rin olgan "Ar Rayan" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyin Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirdi.

"Ar Rayan"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin boshida tezkor gol urdik, afsuski birinchi taymdagi ustunlikni hisobda aks ettira olmadik. Himoyadagi ikkita qo'pol xatolar mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi. Keyin "Ar Rayan"ning mustahkam himoyasini yorib o'tishda qiynaldik. Bugun aynan o'zimiz mag'lubiyatga uchradik, chunki yaxshi o'ynadik, ammo gollar ura olmadik.

Yangi murabbiy jamoada nimanidir o'zgartira olmaydi. Shu bois "Ar Rayan"ning o'yini biz uchun syurpriz bo'lmadi. Ularning taktikasi ham o'zgarmadi, faqat asosiy tarkibda 2-3 futbolchi o'zgartirildi xolos.

O'zgarishlar qilishga shoshilmadik? Sababi o'yin yaxshi ketayotgandi, vaziyatlar yaratayotgandik, shunchaki gol ura olmayotgandik. Uchrashuv oxirida esa ikki hujumchi taktikasiga o'tdik va raqib himoyasiga bosim qilishga urindik", - deydi Andrey Fyodorov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia