Andres Inesta Chempionlar ligasi finalini tomosha qildimi?

Aslanov Jasurbek
30 may 2018
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta "Barselona" Chempionlar ligasi finaliga yetib bora olmaganidan afsusdaligini aytdi.

"Chempionlar ligasi finalini og'riq bilan tomosha qildim, ammo natija tufayli emas. "Real"ning muvaffaqiyatiga turlicha yondoshish mumkin, ammo shaxsan men uchun "Barselona" yo'qligi g'azablantirdi. Ular Chempionlar ligasida g'olib bo'lishdi, biz esa LaLiga va Ispaniya Kubogida" - deydi Inesta.

"Real" Chempionlar ligasi finalida "Liverpul"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola