Andreas Pereyraga keyingi mavsum MYU tarkibida imkoniyat beriladi

Tolibjon Qosimov
1 iyun 2017
"ESPN" nashrining ma'lum qilishicha, keyingi mavsum "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Andreas Pereyra o'zini asosiy jamoada ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, ortda qolgan mavsumni braziliyalik Ispaniyaning "Granada" klubida o'tkazdi. Lekin, jamoani quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qola olmadi. 8 iyulda Pereyra jamoa bilan birga bazaga kelishi kerak. Katta ehtimol bilan u mavsum oldi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi. Shundan so'ng, "mankunianliklar" bosh murabbiyi Joze Mourinyo uning jamoadagi rolini belgilab oladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ESPN