Andrea Pirlo: "Chempionlik uchun kurashishimizni barchaga eslatib qo'ydik"

Narzulla Saydullayev
11 noya 2013, 12:23
Italiya A seriyasi 12-turidan o'rin olgan "Napoli"ga qarshi o'yindan (3:0) so'ng "Yuventus" yarim himoyachisi Andrea Pirlo o'z fikrlarini bildirdi.
"Gol urganimdan xursandman, g'alabadan ikki karra xursandman. Chempionlik uchun kurashishimizni barchaga eslatib qo'ydik. "Roma"ga yaqin qoldik? Musobaqa jadvalining yuqorisidagi barcha jamoalar bir biriga yaqin joylashgan. Ha, rimliklar bu mavsum ajoyib o'yin namoyish etishmoqda, ammo biz o'z o'yinimiz haqida o'ylayapmiz. Bugun ularning ochko yo'qotishidan foydalanib qolganimizdan mamnunman", - deydi Pirlo La Gazzetta dello Sport nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net