Andrea Pirlo: "Biz "Portu"ga ular istaganidek o'ynashga imkon berdik"

Aziz Tukhtamuradov
18 fev 2021
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo "Portu"ga qarshi o'yindan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Dastlabki daqiqadayoq bunday gol o'tkazib yuborishga jim qarab turish qiyin. Futbolchilarda shundan keyin ishonch kamayib ketdi. Bu keyinchalik o'yinning chiqishiga halal berdi. Baxtimizga Kezaning mahorati evaziga muhim gol ura oldik va endi asosiy e'tiborimizni javob o'yiniga qaratamiz. 

"Portu" Chempionlar ligasida muntazam ravishda o'ynaydi. Biz ular istaganidek o'ynashlariga imkon berib qo'ydik. To'p bilan tezroq harakatlanishimiz kerak edi. "Portu" markazdagi bo'sh zonani yaxshi berkita oldi va biz qanot orqali harakatlanishimizga to'g'ri keldi. Bu oson emas. 

Tezkor gol o'tkazib yuborganimizdan keyin, vaziyat qiyinlashib ketdi", - dedi Pirlo. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA