

– Albatta, "Lacio" ustidan qozonilgan (4:0) g'alaba biz uchun juda muhim. Bu yaxshi start, ammo mavsum juda og'ir bo'ladi, – deydi prezident Football Italia nashriga. – 100 yillik tarix mobaynida "Yuventus" ketma-ket uchta Italiya chempionligiga bir marta erishgan, bu 30-yillarda sodir bo'lgandi. Shu sababli yana bir bor chempion bo'lishimiz uchun yanada kuchliroq o'ynashimiz kerak. Biz Chempionlar ligasida ham g'olib bo'lmoqchimiz, to'g'ri Yevropada juda ko'p kuchli klublar bor. Ulardan biri "Real" 2002 yildan buyon Chempionlar ligasini yuta olmayapti. Bu sovringa ega chiqish juda qiyin bo'lishini to'g'ri tushunib turibmiz.



