Andijonda "Hokim Kubogi" guruh bosqich o'yinlari yakuniga etdi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2021
Andijon viloyati Hokimi Kubogi qizg'in tus oldi. "A" guruhi peshqadami "Poytug'" bugun "Makro-Farm" bilan to'qnash keldi.

E'tiborlisi mazkur uchrashuvga "Makro Farm" jamoasi tarkibda e'tiborga molik o'zgarishlarni amalga oshirdi. Yani qishki o'quv-yig'inlarda Superliga ishtirokchisi "Andijon" jamoasi safida shug'ullanib kelayotgan Javohir Qilichev, Usmonali Ismonaliev, Ibrohim Otaxonov, Baxtiyor Qosimov, Muhammadkarim Toirov, Farhod Sohibjonov hamda Jamshid Homidov singari o'yinchilar shu kuni "avtomatik" tarzda "Makro Farm" a'zosiga aylanib ketti. Bu esa "Poytug'" jamoasi uchun jiddiy qarshilik tug'dirdi va bu orqali Asror Rahmonov ham jamoasining imkoniyatlarini chamalab oldi. 

"Poytug'" - "Makro farm" 1:2

Gollar: Qobiljon Abidov (1:0), Farhod Sohibjonov (1:1, pen), Usmonali Ismonaliev (1:2)




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia