"Andijon-SGS" yoshlari "Mediterranean international cup" musobaqasida ishtirok etishadi

Aziz Tukhtamuradov
10 mar 2023
4-9 aprel kunlari Ispaniyada o'tkaziladigan "Mediterranean international cup” U-18 xalqaro musobaqasiga qur'a tashlandi.

Andijon viloyati futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari hamda Pro liga ishtirokchisi "Andijon-SGS" Ispaniyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

Mazkur musobaqaga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Turnirda jamoalar soni 40ta bo'lib, 10ta guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurash olib boradi.

"Andijon-SGS" jamoasi musobaqaning "H" guruhidan joy egalladi

Jamoa guruh bosqichida  "Sporting badalona", "Wospac", "Queen city mutiny" Kataloniya hamda AQSHning tajribali futbol akademiyalariga qarshi bahs olib boradi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: t.me/FCANDIJAN_SGS