“Andijon”: Saraton kasalligi bilan kurashayotgan Jahongirni qo'llab-quvvatlaymiz

Narzulla Saydullayev
9 may 2019
Yaqinda O'zbekiston Professional Futbol Ligasi tomonidan “Saratondan soyabon bo'l” nomli xayriya akciyasi tashkil etilgandi.

“Andijon” futbol klubi ham mazkur xayrli ishda faol ishtirok etishni maqsad qilgan.

Kuni-kecha jamoa a'zolari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialiga tashrif buyurdi.

Ushbu shifoxonada futbolchilar saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan voyaga etmagan bolalar bilan uchrashib, ularga estalik sovg'alarni ulashdi hamda dildan suhbatlashgan xolda, yuqori kayfiyat ulashishga xarakat qildi.

Klub matbuot xizmatining ma'lumot taqdim etishicha, “Saratondan soyabon bo'l” xayriya akciyasida ishtirok etishi uchun jamoa tomonidan 2006 yilning 24 iyul kuni Andijon viloyati, Marhamat tumanida tavallud topgan Abdusalomov Jahongir Ikromjon o'g'li tanlab olindi. Jahongirning xayriya akciyasida ishtirok etishi uchun, uning ommaviy axborot vositalarida keng tarzda targ'ib etilishiga onasi Mahfuzaxon Dadajonova qarshi emasligini ta'kidladi. Voyaga etmagan J.Abdusalomovga moddiy yordam ko'rsatish maqsadida shu kunlarda uning otasi Ikromjon Dadajonovning nomiga plastik kartochkasi ochilmoqda. Bu borada keyinroq yana batafsil ma'lumot beramiz.

Nasib etsa 16 may kuni Superliganing 9-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Paxtakor” o'yiniga Jahongir ham tashrif buyuradi va o'yin avvalida jamoaviy rasmga tushish, uchrashuvni ramziy manoda boshlab berish va o'yindan keyingi matbuot anjumanida bevosita ishtirok etish kabi tadbirlarda qatnashadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz