"Andijon" O'zbekiston terma jamoasi a'zosini jalb qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
2 dek 2025
O'zbekiston terma jamoasi va "Baniyas" yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy faoliyatini "Andijon"da davom ettirishi mumkin.

Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Tolibjon Qosimov xabar berdi.

"Andijon" muxlislari uchun xushxabar: "Andijon" jamoasi Akmal Mozgovoyga qiziqish bildirmoqda. Klub futbolchi bilan aloqaga ham chiqqan.

Ayni paytda yarim himoyachi BAAning "Baniyas" jamoasi a'zosi hisoblanadi", – deyiladi xabarda.

26 yoshli xavbek "Baniyas" safida 8 o'yinda maydonga tushishga ulgurdi. Transfermarkt portali uni 1 mln 300 ming evroga baholamoqda. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qosimovt