

Uchrashuv oxirida darvozabon Akmal Ortiqov jamoadoshi Vladislav Kasminin bilan jiddiy to'qnashdi. Buning oqibatida esa Kasminin hushidan ketdi.
Championat.asia belaruslik o'yinchining ayni paytdagi holati bilan qiziqib ko'rdi. Himoyachi o'zi bilan hammasi joyida ekanligini ma'lum qilib, hammaga e'tibor uchun rahmat aytdi.
"Ko'p qo'ng'iroqlar bo'ldi. Xavotir bildirib telefon qilganlarga rahmat. Men bilan hammasi joyida", – dedi Kasminin.



