"Andijon" - "Mashal" uchrashuvi oldidan

Narzulla Saydullayev
7 avg 2015
"Andijon" - "Mashal" bahsi turning eng qiziqarli o'yinlaridan biri bo'lishi kutilmoqda.

Ertaga "Sog'lom avlod" stadionida bo'lib o'tadigan mazkur o'yin 18:30 da start oladi.  O'yinni Xasan Ro'ziev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi.  Aytib o'tish kerakki o'tgan mavsum ham aynan Oliy ligadagi "Andijon" - "Mashal" uchrashuvini ushbu hakamlar guruhi boshqarib borgan va unda vakillarimiz 1:0 hisobida Qo'ziboevni yagona goli evaziga g'alaba qozongan edi.  

Ushbu bahsda jamoamizga Botir Nosirov kichik jarohati bois yordam bera olmaydi.  Bu o'yinda bir necha futbolchi sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin.  Iqbol Boboxonov o'tgan mavsumni "Mashal"da o'tkazdi va ikkinchi davra "Andijon" safiga borib qo'shildi.  "Mashal"da esa Shahzod Shaymanov va G'iyosjon Komilovlar ma'lum muddat "Andijon" klubi sharafini himoya qilgan.  

Ushbu o'yin sharxi bilan onlayn tarzda TWITTER.COM dagi https://twitter.com/fcmashal_uz ushbu sahifada va FACEBOOK.COM dagi https://www.facebook.com/fc.mashal ushbu sahifadan tanishib borishingiz mumkin.  

Eslatib o'tamiz,  birinchi davrada Muborakda bo'lib o'tgan o'yinda 2:0 hisobida "gazchilar" g'alaba qozongan va gollarni Jamshid Xasanov va Vladislav Ivanovlar kiritgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz