"Andijon" legioneri jamoani tark etdi

Оқил Абдубарноев
15 fev 2026
Qishki selekciya jarayonida "Andijon" jamoasi safidagi o'zgarishlar davom etmoqda.

Jumladan, o'tgan yilning yarmida "burgutlar" safiga qo'shilgan polshalik himoyachi Kristian Novak bilan amaldagi shartnoma ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilindi. 

Novak 2025 yilgi mavsum "Andijon" tarkibida Superligada 14 ta, OCHL-2 da esa 6 o'yinda maydonga tushgan. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати