​"Andijon" legioner himoyachisi bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2025
Luka Uskokovich "Andijon"ni tark etdi.

"Andijon" jamoamizning legionerlaridan biri chernogoriyalik himoyachi Luka Uskokovich bilan o'zaro kelishuvga ko'ra shartnoma bekor qilinganligi munosabati bilan "burgutlar" safini tark etganini ma'lum qilamiz.

Futbolchi jamoamiz safiga mavsum boshida qo'shilgan bo'lib, birinchi davra davomida Superliga va O'zbekiston Kubogida hammasi bo'lib, 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi", – deyiladi xabarda.

Uskokovich o'tgan mavsum andijonliklar tarkibida 6 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати