“Andijon” jamoasining joriy mavsum oldiga qo'yilgan vazifasi ma'lum

Khoja
21 fev 2024, 09:50
Bu haqida “Andijon” bosh direktori Elbek Samatov ma'lum qildi.

“Har bir jamoani yil boshida o'z rejasi bo'ladi. Tarkibimiz ancha yoshardi. Shunga qaramay, tajribali o'yinchilar bilan to'ldirilmoqda. Birinchi navbatda o'zimizdan chiqayotgan yigitlarni asosiy jamoaga jalb qilib, ularni tayyorlab O'zbekiston terma jamoalarida o'ynaydigan darajaga olib chiqmoqchimiz. Bu yilgi maqsadimiz albatta yaxshi natija ko'rsatish. Ayniqsa, o'tgan yilgidan ko'ra yuqoriga ko'tarilish vazifasi qo'yilgan. Muxlislarni xabari bor, bu yil “Andijon” jamoamiz tashkil etilganining 60 yilligi bo'ladi. Xudo xohlasa, yozda, birinchi davradan so'ng 60 yillikni nishonlash tadbirini o'tkazishni ko'zda tutganmiz. Reja va g'oyalarimiz tayyorlanyapti. Chiroyli tarzda o'tkazamiz. Futbol faxriylarini chaqirish, o'rtoqlik o'yini uchun xorijdan nomdor jamoani taklif qilish ishlari olib borilyapti”, - dedi Samatov.


KhojaMuallif
Manba: andijanfc.uz