"Andijon" futbolchisi Uelsga qarshi o'yinga chaqiruv oldi

Narzulla Saydullayev
18 avg 2016
Moldova terma jamoasi bosh murabbiyi Igor Dobrovolskiy JCH-2018 saralashi doirasidagi Uelsga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'radigan futbolchilar nomini ma'lum qildi.

5 sentyabr kuni Uels poytaxti Kardiff shahrida bo'lib o'tadigan mazkur bahsga "Andijon" klubi vakili Andrey Bugnyak ham taklif olgan. Bu haqda Moldova futbol Federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Chaqiruv olganlar orasida "Lokomotiv" va "Neftchi" klublari sobiq futbolchisi Aleksandr Onika va "Lokomotiv"ning sobiq yarim himoyachisi Andrey Kojokar ham bor. Kengaytirilgan ro'yxatdan.33 nafar futbolchi o'rin olgan.

Darvozabonlar: Ilya Chebanu (Mordoviya, Rossiya), Stanislav Namashko (Levadiakos, Gretsiya), Nikolay Kalancha (Universitatya Krayova, Ruminiya), Aleksey Koshelev (Sherif), Dmitriy Chelyadnik (Dachiya), Nikolay Curkan (Speranca).

Himoyachilar: Aleksandr Epuryanu (Istanbul BB, Turkiya), Viktor Golovatenko (Zarya), Igor Armash (Kuban, Rossiya), Ketelin Karp (Viitorul, Ruminiya), Ion Jardan (Zimbru), Andrian Kashkaval (Luch-Energiya, Rossiya), Vitaliy Bordiyan (Sherif), Vyacheslav Posmak (Dachiya), Petru Raku (Milsami).

Yarim himoyachilar: Artur Ionica (Kalyari, Italiya), Evgeniy Chebotaru (Sibir, Rossiya), Andrey Kojokar (Milsami), Valeriy Andronik (Akademiya), Vladimir Ambros (Petrokub-Xinchesht), Maksim Mixalev, Aleksandr Onika, Aleksandr Suvorov (barchasi - Zarya), Vladislav Ivanov (Sherif), Andrey Bugnyak (Andijon, O'zbekiston), Aleksandr Antonyuk, Aleksandr Dedov (ikkisi - Milsami), Evgeniy Kochuk (Dachiya), Aleksandr Gackan (Rostov, Rossiya).

Hujumchilar: Evgeniy Sidorenko (Milsami), Igor Bugaev, Igor Pikushak (ikkisi - Zarya), Radu Ginsar (Sherif).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia