"Anderlext" ishqibozlari Vensan Kompanini shoxona tarzda kutib olishdi

Alisher
29 iyul 2019
Belgiyaning "Anderlext" klubi Vensan Kompanini ajoyib tarzda kutib olishdi.

Vensan Kompani klubga o'ynovchi murabbiy sifatida qaytgan.

"Ostende"ga qarshi bo'lib o'tgan 1-tur o'yinidan oldidan muxlislar tribunada himoyachi sharafiga katta bir bannerni ko'tarishdi.

Unda "shahzoda ketdi, qirol qaytdi" deb yozilgan. 

Eslatib o'tamiz, Kompani "Anderlext" bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekkan edi.


AlisherMuallif
Manba: bbc.com