

Gap shundaki, sentyabr oyining o'rtalarida Anchelotti matbuot anjumanida agarda Valverde ushbu mavsum 10ta gol ursa, murabbiylik licenziyasini yirtib tashlashini aytgandi.
"Valverde o'tgan mavsum 1tagina gol urgani uchun gapirgandim. Endi esa licenziyam xavf ostida qolmoqda. Fede - juda zo'r futbolchi, u istalgan muammodan chiqib keta oladi.
Jarohati? Valverdening oyog'ini tepishdi. Oyog'ida biroz shish bor. Ko'ramiz. Uning "Leyptsig"ga qarshi o'yinda qatnashishi borasida biror nima deya olmayman", - dedi Anchelotti.



