Anchelotti: "Menga hakamlar hisobotlari kerak emas"

Mirjalol Normatov
5 mar 2023
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga "Barselona" bilan bo'layotgan muammolar borasida savol berishdi.

"Menga hakamlarning hisobotlari kerak emas. Barcha hakamlarni yaxshi bilaman va ma'lumotlarni o'zim yig'aman. Ko'plab o'yinlarni tomosha qilaman va shu sababli menga bu borada yordam kerak emas", - dedi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" 2016-2018 yillar davomida Ispaniya hakamlar qo'mitasi vice-prezidenti Xose Mariya Enrikesga 1,4 mln evro miqdorida mablag' o'tkazib bergani borasida ma'lumot tarqagandi. Undan keyin esa 2001 yildan keyin Negreyraga 6,66 mln evro bergani ma'lum qilingandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca