

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining fikricha, zamonaviy hakamlikda korrupsiya yo'q.
"Hakamlar orasidagi korrupsiya La Ligada ham, evrokuboklarda ham yo'q. Arbitrlar hamma joyda ham xato qiladi. Agarda shunday holatlar yuz bergan taqdirda ham bunga qarshi shunchaki kurashish kerak.
Men ham bazida hakamlarning qaroridan jahlim chiqadi, ammo aminmanki, zamonaviy futbolda korrupsiya mavjud emas", -deydi Karlo Anchelotti.



