Anchelotti "Everton"ga Fransiya terma jamoasi a'zosini taklif qilmoqchi

Ijara asosida "Galatasaroy" klubi sharafini himoya qilayotgan "Roma" futbolchisi Stiven N`Zonzi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

N`Zonzi qishki transfer mavsumida "Everton" futbolchisiga aylanishi kutilmoqda. "Le10Sport" nashri xabariga ko'ra, Mersisayd klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti fransiyalik futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda. N`Zonzi joriy mavsum Turkiya chempionatida 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


Manba: Le10Sport