Anchelotti Braziliya termasining sardori kim bo'lishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
2 okt 2025
Braziliya termasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining fikriga ko'ra, Kazemiro terma sardori bo'lishga loyiq.

"Kazemiro - juda namunali futbolchi, uni hamma hurmat qiladi. Unda tajriba va terma yetakchisi bo'la oladigan xarakteri bor. U jamoa sardori bo'lishi kerak, lekin u bunga rozi bo'ladimi, bilmayman. U talablarning top-darajada bo'lishini yaxshi biladi, qiyin vaziyatlarda ham jamoadoshlarini ruhlantira oladi.

Sardor bo'lish - shunchaki bog'ichni taqib yurish emas. Sardor har kuni jamoadoshlariga maydonda va uning tashqarisida namuna bo'lishi kerak. Kazemiro esa buni har doim namoyish qilgan", - dedi Anchelotti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal