

"Kelajakda meni nima kutib turganini bilmayman. Ayni damda Madridda baxtliman, oldimizda ko'plab vazifalar bor. "Real" bilan shartnomam 2024 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi. Agar meni haydab yuborishmasa, bu yerdan ketmoqchi emasman" - deydi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, JCH-2022 chorak finalida xorvatiyaliklarga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan Braziliya terma jamoasi Tite bilan xayrlashgan edi.



