Ana xolos! Pike navbatdagi o'yin uchun ro'yxatga kiritildi

Sherzod Nurmatov
8 noya 2022
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike La Liga doirasidagi "Osasuna"ga qarshi o'yini qaydnomasidan o'rin oldi.

Bu borada xabarlar "ko'k-anorranglilar"ga aloqador sahifalarda paydo bo'ldi. 

35 yoshli futbolchi avvalroq professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi. 

Pike Ispaniya chempionati 13-turida "Almeriya"ga qarshi bahs (2:0) uning uchun so'nggisi bo'lishini ma'lum qildi. Qayd etilishicha, futbolchi "Osasuna" bilan bahs qaydnomasiga tarkibdagi muammolar tufayli kiritilgan. 

Eslatib o'tamiz, Pike "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi 2004 yilgacha Kataloniya klubida o'ynagan. Shundan keyin "Manchester Yunayted"ga o'tib "Saragosa"da ijara asosida harakatlangan. Ispaniyalik himoyachi 2008 yilda yana "Barsa" lageriga qaytib keldi. Pike "Barselona" safida 616 ta o'yinda maydonda harakatlandi va jamoasi bilan birga 28 ta sovringa ega chiqdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.com