

"Mashal"ning "Buxoro" bilan bu yilgi o'yinida totalizator o'ynalgan. Bu haqda championat.asia jurnalisti Faxriddin Ro'ziev xabar beryapti.
Tez orada bu borada Etika qo'mitasi qarori e'lon qilinishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, "Buxoro" 6 mart kuni Pro liga 1-turida "Mashal" bilan to'qnash kelib, 2:2 hisobida jangovar durang qayd etgan. 6 mart kuni kechgan 10-tur doirasidagi bahsda "Mashal"ning qo'li baland kelgan (2:1), 20-tur doirasidagi o'yinda esa "Buxoro" yirik hisobda g'alaba qozongan (3:0).
Voqealar rivojini kuzatib boramiz.



