Ana xolos! Chexiya terma jamoasi futbolchisi velosipeddan yiqilgani sabab Yevropa chempionatini o'tkazib yuboradi

Alisher
9 iyun 2024
Chexiya terma jamoasi yarim himoyachisi Mixail Sadilek Germaniyadagi Yevropa chempionatini jarohati sabab o'tkazib yuboradi.

Bunga velosipeddan yiqilish natijasida olingan jarohati sabab bo'ldi. Bu haqda Chexiya futbol associaciyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Futbolchi Chexiya terma jamoasining turnirdagi yakuniy tarkibiga kiritilgandi.

"Tvente"da o'ynaydigan Sadilek milliy jamoada 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: fotbal.cz