Ana xolos! "Barselona" Messi bilan transferni muhokama qilmoqchi emas. Kyetishning bitta yo'li bor - 700 mln evro to'lash

Avvalroq Lionel Messi uning kyetishi borasida kelishuvga erishish va ziddiyatlarni bartaraf etish uchun shaxsiy advokatlari va klub mutasaddilari o'rtasida uchrashuv uyushtirmoqchiligi to'g'risida xabar qilgandik.

Jurnalist Gilem Balagening takidlashicha, katalon klubi argentinalik charm to'p ustasi bilan uchrashishga tayyor, ammo uning kyetishi muhokama qilinmaydi.

"Barselona" tomoni Messining transferi 700 mln evroga (uning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli) tushishini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, Leoning "ko'k-anorranglilar" amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Unga ayni paytda "Manchester Siti" asosiy davogar bo'lib turibdi.

Messining advokatlari "Barsa" mutasaddilari bilan uchrashadi. Lionel janjallarsiz ketmoqchi 


Manba: twitter.com/GuillemBalague