

Portugaliyalik futbolchi Pirs Morganga bergan intervyusida klub noto'g'ri yo'lda ekanligini aytgandi.
"Albatta, u bu gaplarining ta’siri katta ekanligini yaxshi biladi. Biroq biz kelajakka e'tibor qaratishim kerak. Klub sifatida biz o'tmishda katta xatolar qilganimizni bilamiz. Buni to'g'rilashga harakat qilyapmiz.
Endi o'tgan ishlarga o'ralashib qolishdan mano yo'q. Kelajak bizni kutyapti. Hozirgi mehnatimiz haqida bosh qotirishimiz kerak. Ko'p narsalarni o'zgartiryapmiz - tizimni, futbolchilarga bo'lgan munosabatni, raqobatni... Keling, endi o'tmishdan biroz chetlashamiz", - dedi Amorim.



