Amorim qaydnomadan tushib qolayotgan Reshford haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2025
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Fulxem"ga qarshi o'yinda vinger Markus Reshfordning qaydnomada bo'lmaganiga izoh berdi.

MYU APLning 23-turida mehmonda g'alaba qozondi (1:0).

"Sabab har doim bitta – mashg'ulotlar. Futbolchi hayotda o'zini har kuni to'g'ri tutishi, barcha mayda-chuydalargacha e'tibor berishi kerak deb hisoblayman. Agar hamma narsa avvalgidek qolsa, men hech narsani o'zgartirmayman. Vaziyat har bir futbolchi uchun bir xil – agar u to'liq kuch bilan ishlayotgan va hamma narsani to'g'ri bajarayotgan bo'lsa, istalgan odamdan foydalanishimiz mumkin. Zaxira o'rindig'ida tezkor o'yinchilar etishmayotganini sezayotgan bo'lsangiz kerak. Lekin bor kuchini sarflamaydigan futbolchidan ko'ra, darvozabonlar murabbiyi Jorjeni qaydnomaga kiritganim maqul", – dedi Amorim.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports