Amorim: "MYUda ikki nafar yaxshi darvozabon bor"

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2025
"Brayton"ga qarshi bahsdagi Andre Onananing xatosi Ruben Amorimning esida qolibdi.

"Manchester Yunayted" ustoziga "Reynjers"ga qarshi bahsda kamerunlik o'rniga Altay Bayindir tushgani haqida savol berishdi.

"Rotaciya sabab bunday bo'ldi, hammasi oldindan o'ylab qo'yilgan. Men ham xato haqida o'ylayapman, ammo bu holatda faqat rotaciya ishga solingan.

Bizda ikki nafar yaxshi darvozabon bor. Ularga o'yin amaliyoti kerak.

O'sha xato meni havotirga solyapti, biroq biz o'tgan haftadagidek reja bo'yicha ishlashda davom etamiz" - dedi Amorim.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN