Amorim Maynu haqida: "Eng yaxshilarni saqlab qolishimiz kerak, biroq holatni unutmaylik"

Mirjalol Normatov
10 yanv 2025
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim xavbek Kobbi Maynuning jamoada qolishiga kafolat bermasligini aytdi.

"G'oyalarimizda eng yaxshi futbolchilarni saqlab qolish ham o'rin olgan. Biroq jamoaning hozirgi holatini hisobga olish kerak. Ko'ramiz.

Tarkibdagi futbolchilar menga maqul kelmoqda. Ularning barchasini, ayniqsa, iqtidorlilarini saqlab qolishga harakat qilamiz. Vaziyat oddiy, Kobbidan mamnunman. U ancha qo'shgan", - dedi mankunianliklar ustozi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC