Amet Memet: "Bizda "Metallurg"dek sharoit bo'lganida yuqoriroq natija ko'rsatishga harakat qilardik"

Narzulla Saydullayev
3 noya 2013
Bugun bo'lib o'tgan "Metallurg" - "Neftchi" (0-0) uchrashuvidan so'ng har ikki jamoa bosh murabbiylari o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Amet Memet horg'in kayfiyatda o'z fikrlarini aytib o'tadi.

"O'yin natijasidan ko'nglim to'lmadi. Ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng Bekobodga faqat g'alaba ilinjida tashrif buyurgan edik. Katta ishtiyoq bilan g'alabani ko'zlab maydonga tushdik. Agar avvalgi yillarga e'tibor beradigan bo'lsak Bekobodda ko'proq "Neftchi" g'alaba qozonib ketgan. Bugun ko'plab imkoniyatlarni ko'kka sovurdik. Zayniddin Tojiev va Mansur Saidovda  bir necha yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelgan edi afsus foydalana olmadik. Bugun bir ochko bilan kifoyalandik. Bu so'nggi turlarga nisbatan olib qarasak "Neftchi" uchun g'alabadek bo'lishi kerak edi" - deya dastlabki fikrlarni bildirib o'tadi Amet Memet.

"Men ko'pdan buyon "Metallurg"dan bunday kuchli o'yin ko'rmagan edim. Jamoa juda yaxshi shakllanganini ko'rib turibmiz. Tarkibidagi yoshlar bugun ajoyib o'yin ko'rsatishdi. "Metallurg"da sharoit a'lo darajada . Agar "Metallurg" dek sharoit bizda bo'lganda edi biz ham bundanda yuqoriroq o'yin ko'rsatishga harakat qilar edik. Biz "Metallurg"ga yaratib berilgan sharoitga faqat havas qilamiz".

"Natijadan umuman ko'nglim to'lmadi. Bizda hali bir qancha muammolar bor ekan".

Ismoiljon Mamarasulov yozib oldi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia