Alvares: “Mundial oldidan “Siti”da g'oliblik uchun favoritlar qatoriga Portugaliya, Fransiyani kiritishgandi. Pep esa …”

Eldor Akmurzayev
20 dek 2022
Argentina TJ forvardi va JCH-2022 kashfiyotlaridan biri bo'lgan Xulian Alvares mundial oldidan Pep Gvardiolaning taxmini haqida gapirdi.

“Man Siti”dagi ilk kunlarimda Pep, Rodri va portugaliyalik futbolchilar Jahon chempionatida g'oliblik uchun davogarlarni muhokama qilishgandi. Men hech narsa gapirmadim.

Ular Portugaliya, Fransiyani aytishdi. Pep esa: “Bilasizmi, kimda eng yaxshi imkoniyat bor”, dedi va keyin menga ishora qildi”, deydi 22 yoshli o'yinchi.

Eslatib o'tamiz, Alvares Qatardagi mundialda 7 bahsda qatnashib, 4 ta gol urdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Varsky Sports