Alonsoning "Bayer"i ketma-ket 11 o'yinda g'alaba qozondi

Mirjalol Normatov
10 noya 2023
"Bayer" o'zining rekordli g'alabali seriyasini 11 o'yinga etkazib oldi.

Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa kecha Yevropa ligasida "Qorabog'" jamoasini 1:0 hisobida mag'lub qildi. Bu Leverkuzen klubining ketma-ket 11-g'alabasi bo'ldi. Bu "Bayer"ning 1979 yili Bundesligaga chiqqanidan keyingi rekordi hisoblanadi. Bunga qadar jamoaning bunday eng yaxshi natijasi 2013 yilda kuzatilgan va o'shanda ketma-ket 9 g'alaba qayd etilgandi.

"Bayer" ushbu mavsumdagi 17 o'yinining 16tasida g'alabaga erishdi va faqatgina bir marta "Bavariya" bilan durang o'ynadi. 12 noyabr kuni "Bayer" Berlinning "Union" jamoasini qabul qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia