Allegri: "Yuve" peshqadam bo'lib qolishi uchun to'xtamasligi lozim, maqsadimiz - YCHLga yo'l olish"

Aziz Tukhtamuradov
2 dek 2023
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Monca" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Napoli" hali poygaga qaytishi mumkin, huddi "Milan" kabi. Chempionat uzoq davom etadi. Imkoniyatdan foydalanib qolish kerak. Yigitlarga yordam berib, ularni qo'llab-quvvatlash kerak. Chunki ular muhim vazifani bajarishmoqda. Bizning maqsadimiz - Chempionlar ligasiga qaytish.

Kuchli raqib ustidan muhim g'alabaga erishdik. Biz agressiv harakat qildik. 

G'alaba oson emas, biz o'z imkoniyatlarimizni bilamiz. Danilo, Lokatelli, Aleks Sandroga tiklanib olish uchun vaqt berish kerak. Musobaqa yetakchisi bo'lib qolish uchun biz to'xtamasligimiz kerak", - dedi Allegri. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Eurosport