Allegri skudetto uchun asosiy davogarlarni aytdi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2023
Mutaxassis o'z jamoasini favorit deb hisoblamaydi.

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri skudetto uchun asosiy davogarlarni aytib o'tdi.

"Skudettoni yutish uchun uchta jamoa favorit: "Inter", "Milan" va "Napoli". Biz kuchli to'rtlik uchun kurashamiz. Shuningdek, bu kurashda "Atalanta", "Fiorentina", "Lacio" va "Roma".

Bu qiyin mavsum bo'ladi va bu allaqachon aniq. Hozircha "Inter" munosib ravishda yuqori pog'onada, lekin biz bor e'tiborimizni o'zimizga va kelasi mavsum Chempionlar Ligasi uchun yo'llanmani qo'lga kiritish maqsadiga qaratganmiz", – dedi mutaxassis.

Ayni paytda "Yuventus" A Seriyaning 5-turidan keyin 10 ochko bilan turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. "Byankoneri" navbatdagi o'yinni bugun o'z maydonida "Lechche"ga qarshi o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juventus.com