Allegri "Pari Sen-Jermen"da Tuxelni almashtirishi mumkin

Italiyalik mutaxassis Massimiliano Allegri tez orada PSJda ish boshlashi kutilmoqda.

Parijliklar rahbariyati amaldagi murabbiy Tomas Tuxel jamoani Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqolmasa, germaniyalik murabbiy bilan xayrlashishga qaror qilgan. Uning o'rnini Allegri egallaydi. Avvalroq Massimiliano Allegrining "Inter"da ish boshlashi mumkinligi haqida ham xabar qilingandi.


Manba: Le Parisien