Allegri YCHL sovrinini qo'lga kiritish uchun asosiy davogar nomini aytdi

Mirjalol Normatov
2 noya 2018
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining talqiniga ko'ra, "Barselona" - YCHL turnirini yutishi uchun asosiy davogar.

"Barselona" - YCHL sovrinini yutish uchun asosiy davogar. Buni tushunish uchun ularning o'yinini tomosha qilish etarli. "Barselona" - asosiy favorit, "Yuventus" esa kuchli to'rtlikka kira oladi. Biroq biz xotirjamlikni saqlab qolishimiz kerak", - dedi Allegri.

"Barselona" ham "Yuventus" ham YCHLda uch o'yinda uch g'alabaga erishgan holda o'z guruhlarida yetakchilik qilishmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia