Allegri “Chelsi”ga kelmaydi

Aslanov Jasurbek
23 yanv 2021
Londonning “Chelsi” klubi jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempardning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan murabbiyni izlashda davom etmoqda.

Londonliklar ro'yxatidan italiyalik murabbiyi Massimiliano Allegri ham joy olgan edi. Britaniyalik jurnalist Kristian Falkning ma'lumotlariga ko'ra, “aristokratlar” ro'yxatidan italiyalik murabbiyning nomi o'chirib tashlangan..

Ayni paytda London jamoasini boshqarishga asosiy nomzod sifatida PSJning sobiq ustozi Tomas Tuxel varianti ko'rib chiqilmoqda. Agar Tuxel bilan kelishuvga erishilmasa, Ralf Rangnik ham “Chelsi” rulida paydo bulishi mumkin.

Takidlanishicha, klub rahbariyati Frenk Lempardga vaziyatni o'nglash uchun muhlat bergan. U mavsum so'nggiga qadar jamoada qolishi ham mumkin.

Eslatib o'tamiz, ilgariroq londonliklar Yulian Nagelsman (“RB Leyptsig”) va Ralf Xazenxyutl (“Sautgempton”) nomzodini ham ko'rib chiqishgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com