Allegri: "Bugun Vlaxovich YCHLdagi debyutini o'tkazadi"

Mirjalol Normatov
22 fev 2022
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri hujumchi Dushan Vlaxovich haqida gapirdi.

"Vlaxovichdan ko'p narsa talab qilmasligimiz kerak. U bugun YCHLdagi ilk o'yinini o'tkazadi. Qolganlar kabi uni ham himoya qilishim kerak. U endigina 22 yoshga kirdi", - dedi Allegri.

Vlaxovich yanvar oyi oxirlarida "Fiorentina"dan "Yuventus"ga o'tdi. U turinliklar tarkibida 4 o'yinda qatnashib, 2 gol kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal