Allegri: “Bitta yaxshi o'yini bilan Vlaxovichni Ronaldu bilan tenglashtirish noo'rin”

Eldor Akmurzayev
27 fev 2022, 09:30
“Empoli” ustidan qozonilgan (3:2) g'alabadan so'ng, “Yuventus” ustozi Massimiliano Allegri uchrashuvda dublga erishgan Dushan Vlaxovich haqida gapirdi.

“Vlaxovich – juda muhim futbolchi. U tarkibimizda yetishmagan xarakter va muhim fazilatlarga ega o'yinchi hisoblanadi. U o'rganishni xohlaydi. Bugun Dushan juda ko'p mehnat qildi, markazda turib qolmadi. Bu u va “Yuventus” uchun katta ustunlik.

Ronaldu yoki Vlaxovich? O'ylashimcha, uni oxirgi etti yilda to'rtta “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan shaxs bilan solishtirib bo'lmaydi. Dushan faoliyatining startida turibdi. Bitta yaxshi o'yin etarli emas. Ruhiy tomondan yaxshigina kuch kerak”, deydi Allegri.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru