Allegri A Seriyada joriy mavsum qaysi jamoa chempion bo'lishini aytdi

Eldor Akmurzayev
14 fev 2022
“Atalanta” bilan durang (1:1)dan keyin “Yuventus” ustozi Massimiliano Allegri Italiya chempionati joriy mavsumidagi g'olib nomi aniq bo'lib ulgurgani haqida gapirdi.

“Inter” skudettoni qo'lga kiritadi. Buni sentyabrda ham aytgandim”, degan italiyalik mutaxassis.

Ayni vaqt A Seriyada 25 turdan keyin “Milan” 55 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Bitta kam o'yin o'tkazgan “neradzurrilar” esa 54 ochko to'plagan holda hamshaharlarini taqib qilishmoqda. “Yuve” hisobida 46 ochko bor va ular kuchli to'rtlikka yakun yasab turibdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Forza Juventus