Alisher Uzoqov: "Kelajakda Hasanjon O'zbekiston nomini butun dunyoga tanitib yursin"

Narzulla Saydullayev
25 dek 2015
Kuni kecha Hasanjon Ergashev uchun tashkil etilgan xayriya o'yinida mashhur aktyor Alisher Uzoqov ham qatnashdi.

Odil Ahmedovning do'sti bo'lgan aktyor o'z fikrlarini bildirdi. 

"Shouning asosiy maqsadi Hasanjon Ergashevga bag'ishlangan. Tadbir yaxshi niyatlar bilan o'tkazildi, shou sababchisi Hasanjon O'zbekiston nomini butun dunyoga tanitadigan futbolchilar qatorida bo'lsin. Bizning asosiy maqsadimiz shundan iborat edi. Shou juda ajoyib tarzda o'tdi, barcha futbolchilar qatorida men ham yugurib futbol o'ynadim (kuladi)", - deydi Uzoqov.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia