Alisher Uzoqov Andijon viloyati futbol federatsiyasi birinchi vice-prezidenti

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2016
Yaqinda Andijon viloyati futbol federatsiyasi birinchi vice-prezidenti o'zgardi.

Bungacha ushbu lavozimda ishlab kelgan Bekzodbek Karimov endilikda “Andijon” futbol klubi direktori sifatida faoliyat yuritadigan bo'ldi. Viloyat futbol federatsiyasining birinchi vice-prezidenti etib Alisher Uzoqov tayinlandi. Uzoqov bungacha federatsiyasida musobaqalarni o'tkazish bo'limi boshlig'i sifatida ishlagan. Shuningdek Alisher Uzoqov o'z vaqtida “Andijon” va “Lokomotiv” yoshlar jamoasida ham o'ynaganini takidlash lozim.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia