

Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan Alisher Odilov saytimizga fikrlarini bildirdi.
"O'z maydonimizdagi ochilish uchrashuvi bo'lgani uchun ham biroz hayajon bo'ldi. "Neftchi" bilan o'yinga qaraganda bugun ishonchliroq to'p tepdik. Harakatlarimiz o'xshadi. Kurashlarda ham raqibga imkoniyat qoldirmaslikka urindik. Menimcha g'alabamizdagi asosiy omil ham shu.Hujumlarimizni yakunlashda qiynalganimiz rost. Murabbiyimiz bizdan raqib jarima maydonchasi atrofidagi o'yinni o'z qo'limizga olishimizni takidlaydilar. O'ylaymanki, keyingi uchrashuvlarda bu borada yanada yaxshiroq harakat qilamiz",- deydi Alisher Odilov.

Abdlulaziz Iskandarov yozib oldi



