Alisher Odilov: "Mashg'ulotlardan keyin "Trivela" uslubida alohida shug'ullanamiz"

Alisher Ostonov
18 may 2025
Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Navbahor" (2:3) o'yinidan keyin mehmonlar hujumchisi Alisher Odilov o'z fikrini bildirdi.

"O'yin yuqori tempda o'tdi. "Bunyodkor" jang taklif qilishini bilardik. Raqib qarshi hujumlariga tayyor edik va o'ylagan natijamizga erishdik.

Oldinda "Nasaf" va OKMKga qarshi muhim o'yinlar bor, biz bunga tayyormiz.

Xatolarimiz ham bor, bu hamma jamoada uchraydi. Jamoa 90 foiz yangilangan, vaqt o'tgan sari asta-sekin xatolar ustida ishlayapmiz.

Legionerlar bilan maydonda ancha til topishib qoldik. Mavsum boshida bu borada biroz qiyinchiliklar bor edi. 5-6 turdan so'ng bir-birimizni ancha tushunadigan bo'ldik.

"Trivela" uslubida mashg'ulotlardan keyin Jiyanov bilan ishlaymiz. "Barselona"da Yamalning shunday paslaridan ilhomlanib, biz ham o'yinlarimizga joriy qilishga harakat qilyapmiz", - dedi 23 yoshli futbolchi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia