

"Jahon chempionatiga taklif etilgan barcha osiyolik hakamlar o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsata olishdi. O'ylaymanki, qitamiz hakamlarini yaxshi kelajak kutib turibdi. Qolaversa iqtidorli yoshlar ham etishib chiqmoqda".
Aytaylik, Fag'oni jahon chempionati finalini boshqarishi mumkinmi? Bu haqda 40 yoshli hakam shunday dedi: "Mening eng katta orzum jahon chempionati finalini boshqarish. Lekin hozircha kim boshqarishi ma'lum emas. Buyog'iga faqat Yevropa jamoalari qolganini hisobga olsak, balki FIFA yevropalik hakamlar brigadasiga ishonch bildirishi ham mumkin. Lekin men o'zimga ishonaman va oxirigacha umid qilaman".
Ma'lumot uchun, eronlik hakam mundialda hozircha uchta o'yinni boshqardi: Germaniya - Meksika, Serbiya - Braziliya, Argentina - Fransiya. Shuningdek, chorak finaldan o'rin olgan Urugvay - Fransiya bahsida to'rtinchi hakam vazifasini bajardi.



