Ali Al Bulayhi uchrashuv payti Messiga nima degan edi? Futbolchining o'zi javob berdi

Administrator
22 noya 2022
U aytgan gaplarni uncha-muncha futbolchi Messiga ayta olmaydi.

Jahon chempionati birinchi turida Saudiya Arabistoni Argentina ustidan ajoyib g'alaba qayd etdi. Uchrashuv davomidagi bir vaziyat ko'pchilikning e'tiborini tortdi. Saudiya Arabistoni futbolchisi Ali Al Bulayhi Lionel Messining oldiga bordi va unga bir nimalar dedi.

O'yindan so'ng, Ali Al Bulayhidan Messiga nima deganini so'rashdi. Futbolchi esa o'sha vaziyatni quyidagicha izohladi:

"Men Messining yoniga bordim va unga qarata: "sen g'alaba qozonmaysan, sen g'alaba qozonmaysan, -dedim".

Ma'lumot uchun, Argentina ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Saudiya Arabistoni Qiroli ertangi kunni butun mamlakatda dam olish kuni deb e'lon qildi.


AdministratorMuallif
Manba: sportbible.com