Aleksey Miranchuk "Salernitana"ga o'tishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
17 iyul 2023
"Atalanta" yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk "Salernitana"ga ko'chib o'tishi mumkin.

Bergamo jamoasi rossiyalikni 9-10 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas. Jamoa ustozi Jan Pero Gasperini yarim himoyachi kelajagi borasida qaror qabul qilishdan avval mashg'ulotlarda Miranchukning harakatlarini ko'rmoqchi.

Shuningdek, "Atalanta" rossiyalik futbolchi bilan shartnoma muddatini uzaytirib, keyin uni ijaraga berib yuborish variantini o'rganmoqda. "Salernitana" Miranchukni ijaraga olishga tayyor va ular Bergamo klubi vakillari bilan aloqaga chiqib ulgurgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Calciomercato