Aleksey Evstafeev: "Yigitlar ikkinchi bo'limda xarakter ko'rsata olishdi"

Administrator
15 mar 2023, 23:30
Pro-liga 1-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Qo'qon-1912" (3:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi navbatda yigitlarga ikkinchi bo'lim uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Birinchi bo'limda ko'p vaziyatlarda raqib ochiq xududlarni taqdim etdik. Jangovor natija ikkinchi bo'limda ko'rsata olgan xarakterimiz evaziga yuzaga keldi. 

"Qo'qon-1912" tarkibida tajribali futbolchilar jam bo'lgan. Yaxshi shakllangan jamoa, o'z oldiga Superliga yo'llanmasini asosiy maqsad sifatida qo'ygan. 

Yangi mavsumda o'z oldimizda yaxshi futbol namoyish etib, har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqishni maqsad qilganmiz" - deydi "Sho'rtan" ustozi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia